Shayxontohur va Olmazor tumanlarida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda memorial muzeyi tashkil etiladi

O‘zbekiston 14:47 / 30.03.2020 2185

Qaror bilan, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda Olmazor tumanida Abdulla Qodiriy memorial muzeyini Madaniyat vazirligi tizimida tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Madaniyat vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

  • Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida kutubxona va Abdulla Qodiriy memorial muzeyi uchun qurilgan binoni Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markaziga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilishini;
  • Abdulla Qodiriy memorial muzeyi va Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazini Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6-uy manzilidagi binoga joylashtirishini ta'minlaydi.

Toshkent shahar hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:

  • Abdulla Qodiriy uy-muzeyini Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Termiz tor ko‘chasi 35 va 37-uy manzilidagi binoga joylashtirish;
  • muzeylarda madaniy-ma'rifiy tadbirlar, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
  • muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘radi.
Ko‘proq yangiliklar: