O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston 16:05 / 30.03.2020 109707

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 taga oshib, 149 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya 2 nafar andijonlik (ayollar), 1 nafar farg‘onalik (erkak) va 1 nafar toshkentlik (erkak) fuqarolarda aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. So‘nggi kunlarda virus bemorlari nisbatan tez ko‘paya boshladi, 28 mart kuni 16 bemor qayd etildi, 29 mart kuni bemorlar soni 40 nafarga ko‘paydi. Hozirgacha virus yuqtirganlarning 7 nafari sog‘ayib ketgan, 2 kishi vafot etgan. 30 mart kuni esa hozircha yana beshta holat tasdiqlangan.

  • Ayni vaqtda O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida koronavirus qayd etilgan.
Ko‘proq yangiliklar: