O‘zbekistonda virusdan zararlanish holatlari 150taga yetdi

O‘zbekiston 23:20 / 30.03.2020 68169

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1taga oshib, 150 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya 1 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. 30 mart kuni jami 10ta holat haqida xabar berildi. Shu vaqtgacha virusdan zararlanganlarning 2 nafari vafot etgan, 7 kishi sog‘ayib ketgan.

  • Ayni vaqtda O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida koronavirus qayd etilgan.
  • Koronavirus jahon bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda, 30 mart holatiga ko‘ra, virusdan zararlanish holatlari 765 mingdan oshgan. Shundan 37 mingga yaqin kishi vafot etgan, 160 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketgan. 
Ko‘proq yangiliklar: