O‘zbekiston Qirg‘izistonga ekspress-testlar va individual himoya vositalari taqdim etdi

O‘zbekiston 17:21 / 30.03.2020 10165
Foto: Turmush.kg

Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyatidagi vakolatxonasidan xabar berishlaricha, yordam yuklari 29 mart kuni tonggi soat 4da «Dostuk» nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkazilib, O‘shga yetkazilgan. Bu haqda Bu haqda Qirg‘izistonning «Turmush» portali xabar tarqatdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 10 mingta tibbiyot maskasi va 900ta himoya kostyumlari, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov esa 4800ta ekspress-testlar va regayentlar jo‘natgan.

Foto: Turmush.kg

Nazorat-o‘tkazish punktida yordam yuklarni hukumat vakolatxonasi vakili U.Jilqiboyev kutib olgan.

Ushbu vositalar nazorat ostidagi hududlarga koronavirusga qarshi tahlillarni olish uchun yuboriladi. Himoya vositalari esa tibbiyot xodimlariga tarqatiladi.

Foto: Turmush.kg
Foto: Turmush.kg

Ma'lumot uchun, Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan ilk bemor 17 mart kuni Jalolobod viloyatida aniqlangan. Ayni paytda koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 94 nafarga yetgan.

Qirg‘izistonda COVID-19dan to‘liq tuzalish va o‘lim holati hozircha qayd etilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: