«O‘zbekinvest» kompaniyasi aksiya g‘oliblariga sovg‘alar topshirdi

O‘zbekiston 10:00 / 30.03.2020 5162

Qimmatbaho sovg‘alarni va bosh sovrin – Nexia 3 avtomashinasini kim yutganligi jonli e'lon qilindi! 

Takroriy efirni quyidagi manzilda ko‘rishingiz mumkin:

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi har yili sovrinlar aksiyasini o‘tkazadi va «O‘zbekinvestdan Suyunchi» aksiyasi ham bu yili nafaqat sovrin jamg‘armasi balki ishtirokchilar soni bo‘yicha ham oshib ketdi. 

Aksiya g‘oliblarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya shaklida e'lon qilish minglab vatandoshlarimiz va Instagram, Youtube, Facebook foydalanuvchilarini televizor ekranlariga va monitorlariga jalb qilish imkonini berdi. G‘oliblar taniqli boshlovchilar, san'atkorlar va «Yoshlar» telekanali ma'muriyatidan iborat mustaqil komissiya a'zolari nazorati ostida aniqlandi.

Biz g‘oliblar bilan suhbatlashdik va ularning kutilmagan omadga erishganligi qanday taassurotlarga boy bo‘lganini bilishni istadik. 

Toshkentda shahrida istiqomat qiluvchi, Xojimurod Xojiyev, muzlatgich sovrinini yutib oldi: 

«Men har doim «O‘zbekinvest» kompaniyasida polis rasmiylashtiraman, lekin bunday aksiyalarga ishonmasdim, ammo o‘z nomimni g‘oliblar ro‘yxatida ko‘rganimdan so‘ng ishondim. Albatta, men juda hayron va xursand bo‘ldim, g‘alaba qozonish har doim yoqimli. Men yana boshqa tadbirlarda ishtirok etaman», – dedi Xojimurod Xojiyev.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Umida Zaynutdinova Artel televizorini yutib oldi:

«G‘alaba oldidan u o‘yinlarga ishonmas edim va sovrinli qog‘ozlar shaffofligiga shubha bilan qarardim. So‘nggi bor hech narsaga umid qilmay u «O‘zbekinvest»da polis rasmiylashtirgan edim. Adolat bor ekan, hamma narsa adolatli ekanligiga ayon bo‘ldim», – dedi u o‘z g‘alabasi haqida. 

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Vali Kuldashev konditsioner yutib oldi: 

«Men va qarindoshlarim uchun bu juda yoqimli kutilmagan voqea bo‘ldi. «O‘zbekinvest» kompaniyasiga katta rahmat! Ushbu bayram uchun sizning rahbariyatingizga alohida minnatdorchilik bildiraman». 

Mana yangi g‘oliblarning ijobiy munosabatlari. Omadingizni sinab ko‘ring: «O‘zbekinvest»dan «Chaqqon sug‘urta» aksiyasida ishtirok eting va qimmatbaho sovrinlardan birini qo‘lga kiriting.

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi barcha mijozlariga ishonch va sadoqati uchun chin dildan tashakkur bildiradi. 

Sayt: uzbekinvest.uz

Telegram: @uzbekinvestnic

YouTube: youtu.be/qL1cxb3df6E

Instagram: @uzbekinvest_

Facebook: fb.com/Uzbekinvest

«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: