Kun.uz reklama joylashtirish bo‘yicha katta chegirmalar taqdim etadi

Jamiyat 15:46 / 30.03.2020 28974

O‘zbekistonda koronavirus sababli karantin joriy etilishi munosabati bilan Kun.uz sayti tahririyati sayt resurslarida reklama joylashtirish bo‘yicha katta chegirmalar taqdim etadi. Bunday chegirmalar aprel va may oylarida amal qiladi.

Xususan, saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari – Telegram kanali, Instagram va Facebook sahifalarida joylanadigan reklamalarga 40 foizgacha chegirma taqdim etiladi.

Saytda joylanadigan piar-maqolalar tariflariga esa 40 foizdan 50 foizgacha chegirmalar hamda banner reklamalarga 50 foizgacha chegirmalar beriladi.

Qayd etish kerakki, bu chegirmalar pandemiya tufayli axborotga ehtiyoj keskin darajada oshgan vaqtda joriy etilmoqda. Hozirda saytga kiruvchilar soni ikki baravarga o‘sgan, ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni ham tezlik bilan o‘sishda davom etmoqda.

Reklama bo‘limi raqamlari:

+998 97 480 1341

+998 90 988 7744

+998 90 992 5551

+998 97 737 9931

 +998 91 550 8989 (Samarqand, Buxoro va Navoiy)

+998 94 385 2750 (Andijon, Farg‘ona va Namangan)

Ko‘proq yangiliklar: