Koronavirusga chalingan Monako knyazi tuzala boshladi

Jahon 14:50 / 30.03.2020 4055

Koronavirusga chalingan Monako knyazi Alber II o‘zini yaxshi his qila boshladi.

"O‘zimni borgan sari yaxshiroq his qila boshlayapman va zulmat oxirida yorug‘lik ko‘rmoqdaman", - dedi Monako knyazi TF1 telekanali orqali chiqishida. U "hali ham sal-pal yo‘talayotganini" qo‘shimcha qildi. 

Alber II koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqanini yashirishni o‘ylamaganini aytdi. U COVID-19  yuqtirganligini e'lon qilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

19 mart kuni Alber II koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlangandi. Knyaz o‘z saroyida karantinda bo‘lib turibdi.  

U avvalroq turmush o‘rtog‘i va farzandlari shahar tashqarisidagi qo‘rg‘onda yashayotgani, o‘zi esa saroyda ishlashni davom ettirayotganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: