Karantin paytida muddati tugayotgan plastik karta qanday almashtiriladi?

O‘zbekiston 15:44 / 30.03.2020 7303

Husanxo‘ja Obidov, Markaziy Bank boshqarma boshlig‘i:

– Plastik kartalar faqat bankka bevosita murojaat qilish orqali almashtirilishi haqida tartib bor. Bu mijozlarning mablag‘lari xavfsizligi uchun qo‘llanadi. 

Agar plastik kartangiz muddati aprel oyida tugayotgan bo‘lsa, aprel oyi oxiriga qadar ishlayveradi.
Hozir ko‘pchilik banklar plastik kartalarni onlayn arizalar orqali almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqdalar. Siz bankka murojaat qilib, ariza qoldirsangiz, 3 ish kunida plastik kartangiz almashtirib beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: