Karantin davrida mototransport, velosiped va skuter harakatiga cheklov yo‘q

O‘zbekiston 20:38 / 30.03.2020 13916

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov 30 mart kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda avtomobil harakati cheklanishi mototransport, velosiped va skuter egalariga tatbiq etilmasligini bildirdi.

«Ayni paytda ushbu cheklov velosiped, skuter yoki mototransport haydovchilari uchun amal qilmaydi. Ammo ular ham karantin davrida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzmasligi lozim. O‘rnatilgan tartibda, yuz niqobi bilan faqat oziq-ovqat, dorixona va boshqa kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlar uchun ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi», - dedi u.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: