Johnson & Johnson sentyabrda koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi

Jahon 21:34 / 30.03.2020 11178

Johnson & Johnson kompaniyasi shu yilning sentyabridan odamlarda koronavirusga qarshi tajriba vaksinasining klinik tadqiqotlarini boshlaydi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilmoqda.

"Kompaniya odamlarda koronavirusga qarshi tajriba vaksinasining klinik tadqiqotlarini kechi bilan 2020 yil sentyabridan boshlaydi", - deyiladi bayonotda.

Fevral o‘rtalarida Johnson & Johnson koronavirusga qarshi tajriba vaksinasini ishlab chiqishni boshlaganini e'lon qilgandi. 

Mart oyi o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinaning 41 “nomzodi”ni ro‘yxatga olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: