Hindistonda aktyor Akshay Kumar koronavirusga qarshi kurash fondiga 3,3 mln dollar xayriya qildi

Jahon 11:09 / 30.03.2020 18940

Aktyor tvitterdagi sahifasida o‘z fondidan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining xayriya fondiga hissa qo‘shmoqchi ekanini yozdi.

«Hozir hamma narsa insonlar hayoti uchun xizmat qilishi kerakligining ayni vaqti», deya post qoldirgan u.

Aktyorning rafiqasi, kolumnist Tvinkl Kxanna turmush o‘rtog‘ining harakatini olqishlashi va u bilan faxrlanishi haqida yozgan.

Akshay Kumar pul o‘tkazggan PM-CARES FUND («Bosh vazir g‘amxo‘rlik fondi») xayriya tashkiloti 28 mart kuni tashkil etilgan.  

Bosh vazir Narendra Modi barcha odamlarni ushbu fondga o‘z hissalarini qo‘shish orqali Hindiston koronavirusga qarshi olib borayotgan urushga yordam berishga chaqirgan edi.

Ayni mana shu chaqiriqni hurmat qilgan holda favqulodda vaziyatda tashkil etilgan fond Hindistonda uzoq vaqt faoliyat yuritishi va sog‘lom turmush tarziga hissa qo‘shishiga umid qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: