«E-IJRO AUKSION»: Uydan chiqmasdan turib mulkdor bo‘ling!

Jamiyat 15:34 / 30.03.2020 12104

Hozirda yurtimizda aholi xavfsizligi va salomatligini ta'minlash maqsadida jamoat joylarida to‘planmaslik, uyda qolgan holda karantinda bo‘lish tavsiya etilmoqda. «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi esa o‘z faoliyatini onlayn tarzda to‘xtovsiz davom ettirmoqda. Elektron savdo maydonchasi orqali ko‘chaga chiqmasdan onlayn savdolarda ishtirok etish imkoniyati takomillashtirilgan. Ushbu imkoniyatdan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga va uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini, davlat aktivlarini, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulklarni xarid qilishingiz mumkin.

«E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasining qulayliklari:

  • uyda turib mulkdorga aylanasiz;
  • savdo maydonchasi saytidan ro‘yxatdan o‘tishingiz va auksionda qatnashishingiz mumkin (barcha qo‘llanmalar saytimizda mavjud);
  • savdolarda ishtirok etish uchun elektron pul o‘tkazish tizimlari (Payme, Click, Oson.uz, Paynet)dan foydalanish mumkin;
  • ko‘chaga chiqmasdan, uydan turib ishtirok etish mumkin;
  • g‘olib bo‘lganingizda g‘oliblik bayonnomalari elektron shaklda elektron pochta manzilingizga yoki pochta aloqa xizmati orqali manzilingizga yetkaziladi;
  • yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklar bo‘yicha onlayn-auksionlarda g‘olib bo‘lganingizda nomingizga yer uchastkalari davlat kadastr idoralari tomonidan onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bu koronavirus pandemiyasini uyda qolib yengishimiz hamda mol-mulkka ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat!

Hozirgi kunda e-auksion.uz sayti orqali 700 dan ortiq tadbirkorlik uchun hamda 1500 dan ortiq uy-joy qurish uchun yer uchastkalari, 200 dan ortiq davlat aktivlari, 800 dan ziyod ijaraga beriladigan davlat mulki obektlari mavjud.

Siz qulay va shaffof elektron savdo maydonchasi orqali mol-mulkni sotib oling! Uyda qoling va qulay imkoniyatdan foydalaning.

«Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK PR-xizmati

Ko‘proq yangiliklar: