Chexiyada ommaviy tarzda niqob taqish koronavirus epidemiyasi xurujini pasaytirdi

Jahon 12:08 / 30.03.2020 9780

Yevropada pandemiya nazorat ostidan chiqib borayotgan sharoitda, Chexiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni past darajada qolmoqda. 

18 mart kuni hukumat uydan chiqqan paytda og‘iz va burunni yopib turishi shart bo‘lgan biror narsani, masalan niqob yoki sharf taqishni majburiy qildi. Shundan so‘ng, mamlakatda koronavirus epidemiyasining xuruji tiyildi.

Hovardning bayonotiga ko‘ra, «koronavirus yuqtirib olganlar sonining keskin pasayishi mamlakatda qo‘lbola niqoblarni tikish va ularni taqib yurish bilan bog‘liq».

Atigi 10 kun ichida Chexiyada niqob taqib yurish darajasi deyarli 100 foizga yetdi. Niqoblar uydagi oddiy materiallardan, masalan eski futbolkalardan tikildi.

Hovardning ta'kidlashicha, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvanda ham koronavirusga qarshi niqoblardan foydalanish ommaviy tus olgan va bu samara bermoqda.

«Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvanda niqob taqish majburiy emas. Shunday bo‘lsada, COVID-19 tarqalishi nazorat ostida turibdi. Qanday qilib? Asosiy sabablardan biri – ijtimoiy mas'uliyatni his qilib, jamoat joylarida niqob taqib yurish», - dedi Hovard.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, 30 mart holatiga Chexiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 2817tani, vafot etganlar soni 16tani, sog‘ayib ketganlar soni 11tani tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: