Buyuk Britaniyada 20 ming nafar sobiq tibbiyot xodimlari ishga qaytdi

Jahon 17:10 / 30.03.2020 4579

Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmatining (NHS) 20 ming nafar sobiq xodimi yana ishga qaytdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson Twitter orqali videomurojaatida ma'lum qildi.

"NHS’ga qaytayotgan barchaga rahmat. Yigirma ming nafar tibbiyot xodimi – shifokorlar va hamshiralar ishga qaytdi – bu ajoyib", - dedi Jonson.

Boris Jonson 23 mart kuni koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda karantin joriy etilishini e'lon qilgandi: britaniyaliklar zarur mahsulotlarni sotib olish, bir kunda bir mahal jismoniy mashg‘ulot o‘tkazish, shifoxona yoki ishga borish (agar ish "o‘ta zarur") uchungina uylarini tark etishlari mumkin.

Juma kuni Jonson koronavirusga chalinganini, o‘zini izolyatsiya qilganligini ma'lum qildi. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 19 522 kishi koronavirus yuqtirgan, 1228 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: