AQSh nega koronavirus bilan kasallanganlar ro‘yxatida yetakchi bo‘lib qoldi?

Jahon 14:05 / 30.03.2020 60121

AQSh koronavirus yuqtirgani tasdiqlanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatga aylandi. Bir hafta mobaynida kasallanganlar soni uch yarim baravar ko‘payib, 142 ming kishidan o‘tdi, ekspertlar esa tarqalish cho‘qqisi bir oydan so‘ng o‘tishini taxmin qilishmoqda.

AQShda tashxis qo‘yilgan holatlar soni nega tez ko‘payib ketdi?

27 mart kuni AQSh koonavirus bilan og‘riganlar soni bo‘yicha jahonda yetakchiga aylandi. Juma kuni ertalab olingan ma'lumotlarga ko‘ra, u yerda tasdiqlangan hollar 86 mingdan oshgan, o‘lganlar soni esa 1300 dan ko‘proq edi. Shu kunning oxiriga kelib bemorlar soni 100 mingdan oshdi. Bugungi kunga kelib, yuqtirganlar soni 142 mingdan oshgan, vafot etganlar soni esa 2489 nafarni tashkil etmoqda.

Hafta o‘rtasida mamlakatda kasallangan soni uch yarim barobar kamroq edi, lekin o‘shandayoq JSST tez orada Amerika koronavirusning yangi tarqalish o‘chog‘iga aylanishidan ogohlantirgan edi. Nolinchi patsiyent o‘tgan yilning dekabrida aniqlangan Xitoyda epidemiya boshlanganidan buyon qariyb 82 mingta holat aniqlangan, ikkinchi o‘rindagi Italiyada kasallanganlar soni 100 mingga yaqinlashyapti.

AQSh prezidenti Donald Tramp aniqlangan holatlar ko‘pligini tashxis qo‘yish darajasi yaxshi ekanligini bilan bog‘ladi. «Fikrimcha, test o‘tkazish tizimimizga qoyil qolishimiz kerak. Biz juda ko‘p insonlardan tahlil olmoqdamiz», — dedi u Oq uyda.

Ekspertlarning ko‘pchiligi AQShda kasallanish egri chizig‘i eksponentaga aylanib bo‘lgani, koronavirusning tarqalish cho‘qqisi bir oydan kam bo‘lmagan muddatda o‘tib bo‘linishini tasdiqlamoqda. Amerikaning kasalliklardan ogohlantirish va nazorat qilish markazi (CDC) fikricha, AQShda virusdan o‘lim holatlari cho‘qqisidan uch haftadan so‘ng o‘tib bo‘linadi. Bir hafta avval Kolumbiya universiteti AQSh virusning tarqalish tezligini ikki barobar kamaytira olsa ham ikki haftadan so‘ng mamlakatda 650 mingta kasallanganlar bo‘lishini taxmin qilgan edi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda chindan ham yuqtirib olganlar soni rasmiy raqamlardan 11 barobar ko‘proq.

Vashington universiteti qoshidagi salomatlik ko‘rsatkichlari va baholanishlari instituti bahosiga ko‘ra, iyul oyigacha Amerikada koronavirusdan 38 mingdan 162 minggacha odam o‘lishi mumkin. Aprelning ikkinchi haftasiga kelib, mamlakatning barcha jonlantirish bo‘limlari to‘lib qoladi.

Kasallikning asosiy o‘chog‘i qayerda?

AQShdagi eng ayanchli vaziyat sharqiy sohilda yuz bermoqda. Virusli infeksiya o‘chog‘i Nyu-York bo‘lib turibdi. Shtatdagi kasallangan soni AQShda qayd etilgan holatlarning qariyb yarmini tashkil etadi — 60 ming kishidan ziyod. Vafot etganlar soni esa 965 kishi. Nyu-Yorkda rasman ilk holat 2 mart kuni qayd etilgan edi.

Shahar kasalxonalariga himoya vositalari yetishmayapti, shifokorlar himoya liboslari o‘rniga chiqindi qoplaridan foydalanishga majbur bo‘lishmoqda. O‘pkaga sun'iy havo yuborish qurilmasidan birato‘la bir necha kishi foydalanmoqda.

Nega Nyu-Yorkdagi holat eng murakkab?

Sabablar bir nechta. Birinchidan, Nyu-York — eng aholisi zich va AQShning bosh turistik shahri, ikkinchidan shahardagi ijtimoiy hayot shunday qurilganki, odamlar doimo to‘p-to‘p bo‘lib yurishadi — metroda, ofislarda, tor piyodalar yo‘lkalarida, uchinchidan — keng qamrovli tashxislash ishlari. To‘rtinchidan, hukumat ommaviy zararlanishning oldini olish uchun yetarli choralar ko‘rmaganligidir. Nyu-Yorkda maktablar 18 mart kuni, kasallanganlar soni 2,3 mingdan oshgachgina yopildi. Faqat 22 martga kelib, yuqtirganlar soni 15 mingga yetgach, Nyu-York hukumati odamlarni masofadan turib ishlashga o‘tkazish bo‘yicha buyruq berdi.

Taqqoslash uchun, Kaliforniya hukumati 16 martda — shtatda hali 500ta holat aniqlangan chog‘da aholiga besabab uyni tark etishni taqiqlab qo‘ygan edi. Hozir u yerda virus yuqtirish holatlari soni 5,5 mingdan oshdi va 121 kishi olamdan o‘tgan, shunchalik choralarga qaramasdan o‘sish sur'atlari portlash darajasida — kuniga 35 foiz qo‘shimcha.

Boshqa shtatlarda ahvol qanday

18 mart kuni rasman AQShning barcha shtatlarida koronavirus bilan zararlanganlar qayd etildi. Nyu-Yorkdan keyin ikkinchi o‘rinda unga qo‘shni bo‘lgan Nyu-Jyersi shtati turibdi — u yerda kasallanganlar soni 13,4 ming, vafot etganlar soni 160 nafar. Uchinchi o‘rinda Kaliforniya. O‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan ko‘rsatkich Vashington shtatida saqlanib turibdi. 4900 holatga 200 o‘lim, ya'ni kasallanganlarning 4 foizi.

Ko‘proq yangiliklar: