Xitoydan 4 tonnaga yaqin tibbiy vositalar olib kelindi

O‘zbekiston 17:12 / 29.03.2020 17417

Xabar qilinishicha, COVID-19 O‘zbekistonga ham kirib borishi bilanoq elchixona xitoylik sheriklar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonga yuborish uchun zarur dori-darmon va boshqa turli tibbiy ashyolarni to‘plash choralarini ko‘ra boshlagan.

Ular orasida «Camel Group», «Anhui Conch», «China Construction», «Beizhong Yiling Pharm», «CASIC+CPMIEC», «Dongfang Electric», «HYTERA», «NORINCO», «Poly Technology», «SANY Heavy Machinery», «Sinopharm», «Huzhou Zhexiang Mechanical Technology Co. Ltd.», «Jingpai Chizhengtang Pharmaceutical Co. Ltd.», «Wei Gao», «Tianjin Kaiteng Investment Co. Ltd.», «Nuchtech» va boshqa qator kompaniyalar bor.

«Olib borilgan faol sa'y-harakatlarning natijasi o‘laroq, Pekindan qariyb 4 tonna hajmdagi tibbiy vositalar Toshkentga yetkazib berildi.

Bu – yuqori sifatli tibbiy niqoblar, PsR testlar uchun reagentlar, masofadan turib tekshirish imkonini beradigan mobil termometrlar, tibbiy himoya kombinezonlari, qo‘lqop va ko‘zoynaklardan iborat.

Xitoyning turli provinsiyalari va shaharlaridagi sheriklardan koronavirus kasalligiga qarshi kurashda juda zarur bo‘ladigan turli dori-darmon, tibbiy vosita va uskunalarning O‘zbekiston elchixonasiga kelishi davom etmoqda», – deyiladi elchixona axborotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni 12 fevral va 3 mart kunlari Xitoyga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: