Samarqandda tibbiy niqobsiz haydovchilar va yo‘lovchilar ko‘chadagi kameralar yordamida aniqlanmoqda

Jamiyat 01:12 / 29.03.2020 16370

Vaziyat markaziga ulangan kameralar avtomashinalarning davlat qayd etish raqamlarinigina emas, ko‘chada ochiq yuz bilan harakatlanayotgan fuqarolarni yuzidan tanib, shaxsiga oydinlik kiritib bera oladi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, kameralar yordamida aniqlangan, mavjud qoidalarga bepisandlik qilish bilan huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 27 aprel kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Samarqandda yangidan barpo etilgan, jihozlash va dasturiy ta'minotga yana 4 milliard so‘m sarflangan Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining yangi binosini ochib bergan edi.

Yangi binoda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan, «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida Vaziyat markazi barpo etilgan. Ayni paytda Samarqand shahrida o‘rnatilgan 4 mingdan ziyod kameralarning 1100 dan ortig‘i markazning kuch va vositalarni yagona geoinformatsion boshqarish tizimiga ulangan.

Markazda Samarqand shahrining geoinformatsion xaritasi yaratilgan. Mahalliy dasturchilar tomonidan yaratilgan, videotasvir orqali odam yuzini aniqlash tizimi biometrik ma'lumotlari bazada bo‘lgan barcha fuqarolarni taniydi, shuningdek, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni soniyalar ichida aniqlab, xabar beradi.

Ko‘proq yangiliklar: