Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli chegaralarni to‘liq yopmoqda

Jahon 01:03 / 29.03.2020 22807

Bosh vazir Mixail Mishustin 30 mart kuni koronavirus pandemiyasi sababli Rossiyaning quruqlik chegaralarini butunlay yopish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda hukumat farmoyishida aytilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 30 martdan boshlab Rossiyaning Belarus bilan hamda boshqa chegaralari orqali avtotransport, temir yo‘l va boshqa o‘tish joylarida transport harakati cheklanadi.

Farmoyishda belgilanishicha, Rossiya transport vazirligi Federal xavfsizlik xizmati, Federal bojxona xizmati va Rospotrebnadzor bilan birgalikda 30 mart soat 00: 00dan boshlab Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasi orqali avtomobil, temir yo‘l, piyodalar, daryo va aralash nazorat punktlari orqali harakatlanishni vaqtincha cheklaydi

Rossiya pasportiga ega bo‘lgan “DXR” va “LXR” aholisi bundan mustasno.

Avvalroq, Rossiya 1 mayga qadar dunyoning barcha mamlakatlari bilan havo qatnovini cheklagan edi. Qolgan parvozlar faqat Moskva orqali amalga oshiriladi. Bungacha Yevropa, Xitoy va AQShga reyslar 1 aprelga qadar cheklangan edi. Bundan tashqari, Rossiya temir yo‘llari mamlakat ichidagi qator poyezdlar sonini kamaytirdi.

Ko‘proq yangiliklar: