O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 144taga yetdi

O‘zbekiston 20:22 / 29.03.2020 91098

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. So‘nggi kunlarda virus bemorlari nisbatan tez ko‘paya boshladi, 28 mart kuni 16 bemor qayd etildi, 29 mart kuni bemorlar soni 40 nafarga ko‘paydi. Hozirgacha virus yuqtirganlarning 7 nafari sog‘ayib ketgan, 2 kishi vafot etgan.

  • Ayni vaqtga kelib butun dunyoda virusdan zararlanish holatlari soni 685 mingdan oshgan, shundan 146 mingdan ortiq kishi sog‘aygan va 32 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
     
Ko‘proq yangiliklar: