Otabekov: Xatlar va pochta materiallaridan koronavirus yuqishi ehtimoli kam

O‘zbekiston 17:28 / 29.03.2020 6420

«Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda chidamsiz, quruq joyda yashamaydi va ko‘paymaydi. Virus – xujayra ichida yashaydigan jonzot.

Biroq agar pochta konvertini bemor odam ushlab turgan holda sog‘lom odamga uzatsa yoki jo‘natma ustiga bemor yo‘talsa va uning so‘laklari tegsa, kasallik yuqish ehtimoli ham yo‘q emas», – dedi Otabekov 29 mart kungi brifingda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: