Og‘ir kasalligi bor bemorlar davolanish uchun Toshkent shahriga kirishiga ruxsat beriladi

O‘zbekiston 16:14 / 29.03.2020 17138

«Men aniqlik kiritish maqsadida bevosita Sog‘liqni saqlash vazirligidan javob oldim. Agar bu kabi muolajalar Toshkent shahrida o‘tkazilishi shart bo‘lsa va o‘sha bemor yashab turgan hududda muolajalarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaydigan bo‘lsa, ular tegishli davo kursini olishlari uchun bunaqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda Toshkentga kelishlariga ruxsat beriladi. Buning uchun ular o‘sha viloyatdagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalariga murojaat qilishlari kerak», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

AOKAda tashkil etilgan brifing davomida Samarqand shahridagi travmatologiya shifoxonasida jarrohlik amaliyoti talab etilgan bemor karantin tufayli qabul qilinmagani to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytarilgan. 

«Samarqand viloyatida travmotologik bemorlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan muassasalar juda ko‘p. Qayerda travmotologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan muassasa bo‘lsa, o‘shu yerga murojaat qilib, otangizni davolatishingiz mumkin. Karantin degani boshqa bemorlar e'tiborsiz qolsin, degani emas», degan Nurmat Otabekov.

Ko‘proq yangiliklar: