«MyShop Group» xayriya aksiyasini boshladi

Jamiyat 22:13 / 29.03.2020 20734

Yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida e'lon qilingan karantin kunlarida aksariyat yurtdoshlarimiz hukumatimiz qaroriga nisbatan ongli fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilayotgani quvonarli hol. Ayni shu vaziyatda «MyShop Group» kompaniyasi ham karantinga olingan hamyurtlarimizga, shuningdek, butun O‘zbekiston xalqiga Covid-19 infeksiyasiga qarshi kurashishi yo‘lida qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyor.

Hozirda har birimiz o‘z sog‘lig‘imiz uchun mas'uliyatni bo‘ynimizga olgan holda, gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishimiz va salomatligimizni himoya vositalari yordamida asrashimiz lozim. «MyShop Group» mazkur tovarlar hamda himoya vositalarini karantin bois harakatlari cheklangan vatandoshlarimizga yetkazib berishga bel bog‘lab, xayriya aksiyasini boshladi. Bu aksiya bir martalik yoki shunchaki karantin vaqtidagina tashkil etiluvchi tadbir bo‘libgina qolmay, bundan keyin muntazam ravishda xar oyda o‘tkazilishi rejaga kirdi.

Ta'kidlash zarur, pandemiyaga qarshi kurashish va aholimiz salomatligini saqlashga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar «MyShop Group» budjetidan ajratilib, bu budjet kompaniya mijozlari bo‘lgan ko‘p sonli reklama beruvchilar tomonidan MyShop platformalarida reklamalarini joylashtirish uchun har oy to‘lanadigan mablag‘larning bir qismi hisobiga shakllantiriladi. Bu qaysi reklama maydonlari?

  • Bir necha yillar davomida MY5 «Mening Yurtim» telekanali orqali namoyish etib kelinayotgan MyShop teledasturi;
  • 100 dan ziyod majmualardagi reklama ekranlari, ya'ni INDOOR tarmog‘i;
  • «MyShop Journal» reklama-informatsion jurnallari.

Ayni pallada «MyShop Group»ning reklama xizmatlaridan foydalanib, savdosi jadallashishiga erishuvchi, shu bilan birga o‘z-o‘zidan MyShop xayriya aksiyasi ishtirokchisiga aylanuvchi kichik va o‘rta biznes vakillari-yu bozorning yirik gigantlari kimlar?

«Osyo Batareya» MChJ QK, «Mexmash» MChJ, «Comfort cool system» MChJ «Shirin shakar biznes» MChJ, «Chuqursoy» qurilish mollari savdo markazi, «Comodita» mebel markazi, «Miss lighting» MChJ, «Deko ART», «Geo beton trust» MChJ va boshqalar.

«MyShop Group» kompaniyasi karantin kunlarida faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan biznes-hamkorlariga yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida koll-markaz xizmatlarini ham taqdim etishini ma'lum qilamiz. «MyShop Group» mijozlari bo‘lgan tadbirkorlar karantin tufayli ta'tilga chiqqan bir vaqtda kompaniya koll-markazining malakali operatorlari aynan hamkorlari uchun xizmat qilishadi. Endi MyShop dasturi orqali nafaqat turli tovar yoki xizmatlardan boxabar bo‘lasiz, balki sizning qulayligingiz uchun karantin vaqtida ham ishlaydigan koll-markazga qo‘ng‘iroq qilib, dasturda namoyish etilgan tadbirkorlik obektlari faoliyati bilan bog‘liq kerakli savollaringizga javob olib, tovar va xizmatlarini onlayn ravishda xarid qilish borasida ham ko‘rsatmalarga ega bo‘lasiz.

Koll-markazning telefon raqami: +99871 2004442

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: