Jyek Ma fondi O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yuboradi

O‘zbekiston 14:42 / 29.03.2020 48652

Ro‘yxatdan O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Hindiston, Butan va Vetnam ham joy olgan.

Reuter’s xabariga ko‘ra, ushbu 7ta davlatga jami 1,7 millionta niqob, 165 mingta test, himoya kiyimlari va tibbiy asbob-uskunalar (sun'iy nafas oldirish apparatlari, isitma o‘lchash asboblari kabilar) jo‘natiladi.

Jyek Ma fondi bungacha Rossiya, AQSh, Yevropa va Afrika davlatlariga ham gumanitar ko‘mak ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, milliarder Fattoh Shodiyev fondi ham O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston kecha, 28 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam qabul qilib oldi.

Avvalroq o‘zbek diplomatik missiyalari Rossiya, Xitoy va Singapurdan gumanitar yuklarni olib kelish bo‘yicha ishlar olib borayotgani xabar qilingandi.

Bunga qadar O‘zbekiston tomoni Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natgandi.

Ko‘proq yangiliklar: