Surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyati takomillashadi. Asosiy yo‘nalishlar belgilanmoqda

O‘zbekiston 09:13 / 28.03.2020 17194

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar mamlakatda surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

ishni sudga qadar yuritish bosqichini takomillashtirish bo‘yicha institutsional o‘zgarishlar, jinoyat ishlarini yuritishda dastlabki tergov va sud muhokamasini o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kuchaytirish;

samarali idoralararo hamkorlikni ta'minlash;

surishtiruvchi va tergovchilarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan surishtiruv va tergovchilarni tayyorlashda “ustoz-shogird” an'analaridan keng foydalanish;

surishtiruv va dastlabki tergov organlarining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish, tergov qilish funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan ta'minlash;

surishtiruvchilar va tergovchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini joriy etish;

sud ekspertizasini o‘tkazuvchi organ va tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan ushbu sohada kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

jinoyatlarning fosh etilishi, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni aholiga ta'sirchan tarzda yetkazib borish mexanizmini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: