Radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari Toshkentni dezinfeksiya qilishga kirishdi

O‘zbekiston 16:49 / 28.03.2020 37165

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotidan maqsad respublikadagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolar xavfsizligi, salomatligini ta'minlashdir.

"Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda yurt himoyachilari 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli usukunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Ta'kidlash kerakki, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi. Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda", - deyiladi xabarda.

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida harbiylar Yunusobod, Eski Jo‘va, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakat bo‘ylab davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: