9210ta ta'lim muassasasi dezinfeksiya qilindi

O‘zbekiston 11:39 / 28.03.2020 5058

Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta'lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash maqsadida joylarda mutaxassislar tomonidan dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, karantin e'lon qilingan kundan boshlab, bugungi kunga qadar respublikadagi 91,5 foiz, ya'ni 9210 ta xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Ta'kidlanishicha, Andijon, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida barcha ta'lim muassasalari to‘liq dezinfeksiya qilindi.

Ayni vaqtda tegishli mutaxassislar tomonidan barcha ta'lim muassasalarida bosqichma-bosqich dezinfeksiyalash ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: