Xitoyda xorijliklarning mamlakatga kirishi vaqtincha to‘xtatiladi

Jahon 07:56 / 27.03.2020 8578

“Koronavirus dunyoda tez tarqalayotgani sababli Xitoy vizasi bo‘lgan yoki yashash huquqiga ega xorijliklarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, ushbu chora 28 martdan joriy qilinadi.

“Xorijliklarni kiritishni to‘xtatish – Xitoy koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat ortida qabul qilishga majbur bo‘layotgan choradir”, deyilgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Koronavirus epidemiyasi aynan Xitoyda boshlangan edi, biroq mamlakatda hozirda uni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi. O‘tgan hafta bir necha kun davomida Xitoy ichida umuman yangi kasallanish holatlari qayd qilinmagan. Oz sonli kasallanish holatlari mamlakatga xorijdan kirayotganlar hisobiga qayd qilingan. 

Xitoyda epidemiya vaqtida koronavirusdan 81 mingdan ko‘proq kishi kasallangan, ulardan 3287 nafari vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: