O‘zbekistonda bir kunda 15 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar 75 nafarga yetdi

O‘zbekiston 00:22 / 27.03.2020 129898

Bu haqda ma'lum qilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlardan boshqa ma'lumotlarni ochiqlamagan.

Shu tariqa, 26 mart davomida O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 15 nafarga oshdi.

Zararlanganlarning 11 nafari tibbiyot xodimlari ekani ma'lum qilingan.

Tushdan keyin zotiljam alomatlari kuzatilayotgan bemorlar soni 13 nafar ekani, 4 bemor og‘ir ahvoldaligi haqida xabar berilgan edi.

Toshkent va Namangan shaharlaridan so‘ng, kun davomida Samarqand, Buxoro, Andijon, Guliston shaharlari va Surxondaryo viloyatiga kirish-chiqish cheklovlari e'lon qilindi.

Ayni paytga kelib, jahonda COVID-19`ga chalinganlar soni 520 mingdan ortdi. 23600dan ziyod kishi vafot etdi, 123 mingdan ortiq bemor sog‘aydi.

Ayni paytda virusdan eng ko‘p jabr chekayotgan davlatlar (qavs ichida so‘nggi bir sutkada qayd etilgan holatlar):

  • Xitoy – 81285 bemor (+67), 3287 qurbon (+6)
  • Italiya – 80589 bemor (+6203), 8215 qurbon (+712)
  • AQSh – 79082 bemor (+10871), 1143 qurbon (+116)
  • Ispaniya – 56197 bemor (+6682), 4145 qurbon (+498)
  • Germaniya – 43646 (+6323), 239 qurbon (+33)
  • Eron – 29406 bemor (+2389), 2234 qurbon (+157)
  • Fransiya – 29155 bemor (+3922), 1696 qurbon (+365)

 

Ko‘proq yangiliklar: