Kanada AQSh bilan chegarada harbiylarni joylashtirishdan bosh tortdi

Jahon 07:59 / 27.03.2020 9308

Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Kanada hukumatida ta'kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki davlat o‘rtasidagi chegarada qo‘shinlarni joylashtirish mutlaq keraksiz hisoblanadi va ikki azaliy ittifoqdoshlar o‘rtasidagi munosabatlarga ziyon yetkazadi.

“Kanada va AQSh dunyodagi eng uzun harbiylashtirilmagan chegaraga ega va bu chegara shunday bo‘lib qolishi bizning manfaatlarimiz yo‘lidadir”, deb aytgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.
 
O‘z navbatida Kanada bosh vaziri o‘rinbosari Xristya Frilend AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga chegarada qo‘shin joylashtirishga hech qanday sabab yo‘qligini aytgan. Uning fikricha, bu “mutlaq keraksiz chora” bo‘lib, Kanada unga “munosabatlarga putur yetkazuvchi chora” sifatida qaraydi.

“Ayni vaqtda sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyat hech qanday harakatlarni talab qilmaydi va Kanada AQShning bu taklifiga qat'iyan qarshi”, deb qo‘shimcha qilgan Frilend.

Bu orada AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda kasallanganlar soni 83507 nafargacha yetdi. Xitoyda kasallanish holatlari 81782 tani, Italiyada 80589 tani tashkil qilmoqda. 

Donald Tramp bu holatga izoh berib, uni aholining koronavirusga ommaviy tarzda tekshirilayotgani bilan tushuntirgan. Shu bilan birga u Xitoy hukumati tomonidan koronavirus bo‘yicha taqdim qilinayotgan rasmiy statistikaga shubha bildirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: