DXX xodimlari xayrli aksiyaga qo‘shildi

O‘zbekiston 12:56 / 27.03.2020 41351

Ayni murakkab vaziyatda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bahamjihatlik va saxovatpeshalik koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga kelib tushayotgan beminnat mablag‘larda namoyon bo‘lmoqda.

O‘z navbatida, mazkur xayrli ishga Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham hissalarini qo‘shib, ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini ushbu fondga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berishdi.

Jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan COVID-19 pandemiyasiga qarshi O‘zbekistonda ham qat'iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, respublika aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni qabul qilingan.

Shuningdek, dunyoda jiddiy epidemiologik vaziyat yuzaga kelishi asnosida xorijiy davlatlarda qolayotgan O‘zbekiston fuqarolari bosqichma-bosqich vatanimizga olib kelinib, ularga zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: