Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi. Mas'uliyat ota-onalar zimmasida

O‘zbekiston 08:29 / 27.03.2020 38699

Kun.uz muxbiri shu savol bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimovaga yuzlandi.

«Darhaqiqat, karantin davri ta'tillari berilishi munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va PISA bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlanmoqda.

Bu darslarning efirga uzatilishida farzandlarining uni tomosha qilishi va o‘zlashtirishida ota-onalarning roli muhim hisoblanadi.

Ota-onalar iloji bo‘lsa, birga ko‘rishsa, farzandlarini nazorat qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», – dedi inspeksiya vakili.

 
O‘qituvchilar attestatsiyasi: Davlat inspeksiyasi Telegram'da test sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

O‘qituvchilar attestatsiyasi: Davlat inspeksiyasi Telegram'da test sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi 👉 https://kun.uz/90034110

Posted by Kun.uz on Thursday, March 26, 2020

Ma'lumot uchun, «Yoshlar» telekanalida – 1-4-sinf, «Oilaviy» telekanalida – 5-8-sinf, «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida – 9-11-sinf o‘quvchilari uchun, «Dunyo bo‘ylab» telekanalida esa barcha amaliy fanlardan televizion darslar berib boriladi.

Televizion darslar o‘zbek va rus tillarida tasvirga olinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: