Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekiston 14:43 / 27.03.2020 11922

Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va bugun ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘di. Boshqa joylarda yog‘ingarchilik kuzatilmadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududining katta qismida avvalgidek quruq havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarga yana yomg‘ir yog‘adi.

Harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu me'yoriy ko‘rsatkichlardan bir oz yuqoridir.

28-29 mart kunlari va kelayotgan hafta boshida mamlakatda ob-havoning quruq va asosan ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta ko‘tarilib, dushanba kuniga 22-25 darajani, janubda 27 daraja issiqni tashkil qiladi, bunday harorat yilning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me'yorlardan 6-9 darajaga yuqoridir.

Ko‘proq yangiliklar: