AQSh Venesuela prezidentini og‘ufurushlikda aybladi

Jahon 00:11 / 27.03.2020 6157

Maduroga qarshi ayblovlar ilgari surilishini AQSh bosh prokurori Uilyam Barr e'lon qilgan.

“Bizning taxminimizcha, Venesueladan 200 dan 250 metrotonnagacha kokain jo‘natiladi. Bu 250 metrotonna kokain 300 mlnta o‘lim dozasiga teng”, deyilgan vazirlik xabarida.

AQSh adliya vazirligining taxminicha, Venesuela rahbariyati kolumbiyalik isyonchilar bilan til biriktirgan holda harakat qiladi va ularning maqsadi “AQShni kokainga botirib tashlash” hisoblanadi.

AQSh davlat departamenti o‘z tomonidan Maduro haqidagi axborot uchun 15 mln dollar hamda og‘ufurushlikka aloqador boshqa venesuelalik amaldorlar haqidagi axborot uchun 10 mln dollardan mukofot puli e'lon qilgan.

“Bu odamlar Maduro tuzumi vaqtida muhim lavozimlarni egallab, jamoatchilik ishonchini suiiste'mol qilgan holda Venesueladan giyohvand moddalar jo‘natilishida ko‘mak ko‘rsatgan”, deyilgan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: