Toshkent viloyatida karantinga olingan fuqarolarni saqlash uchun 3 ta obekt qurilmoqda

O‘zbekiston 01:02 / 26.03.2020 36719

“Chirchiqda Toshkent harbiy okrugiga qarashli umumqo‘shin poligonida yuqumli kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan dala sharoitidagi harbiy-tibbiy gospital qurildi. U foydalanishga tayyor.

Bu yerda mudofaa vazirligining yuqori malakali harbiy shifokorlari faoliyat olib bormoqda. Mazkur hududda Afrikada Ebola virusini davolashda sinovdan o‘tgan maxsus izolyatsiya moslamasi bor.

Dala o‘quv maydonining bir qismida bemorlar ovqatlanishi uchun chodirlar qurildi. Shuningdek, bu yerda ona va bolalar dam olishi uchun maxsus joylar tashkil etildi”, deya Behzod Qobulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qobulovning aytishicha, ayni paytda Toshkent viloyatining Zangiota va Yuqori Chirchiq tumanlarida ikkita maxsus karantin hududi qurilishi jadal sur'atlarda davom etmoqda. Ushbu shifoxonalar qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Toshkentda uchta shifoxona qurilib, foydalanishga topshiriladi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

“Zangiotadagi shifoxonaning loyihasi uch kun ichida ishlab chiqilgan. U har biri 5000 kishiga mo‘ljallangan ikkita blokni, shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun turar joylarni, reanimatsiya bo‘limlarini va karantin uchun maxsus xonalarni o‘z ichiga oladi. 500 bemorga mo‘ljallangan ilk konteynerlar bugun kechki payt olib kelindi. Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, shifoxonani jihozlash, zarur infratuzilmani yaratish qurilish ishlari bilan birga olib borilmoqda. Bu yerga xorijdan charter reyslar orqali olib kelinadigan o‘zbekistonliklar joylashtiriladi”, dedi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: