Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida kam daromadli 1000 ta oilaga bir boshdan qoramol berilmoqda
25 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida kam daromadli hamda boquvchisini yo‘qotgan 41 ta oilaga bir boshdan sog‘in sigir topshirildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov xabar berdi.
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj, bemor va nogironligi bo‘lgan, yakka-yolg‘iz, ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ming oilaga – ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aksiyasi doirasida viloyat hokimligi tomonidan saxovatpesha insonlar, homiylar va korxona-tashkilotlar ko‘magida kam daromadli mingta oilaga qoramol hadya qilinmoqda. 25 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida kambag‘al hamda boquvchisini yo‘qotgan 41 ta oilaga bir boshdan sog‘in sigir topshirildi”, deydi Behzod Qobulov.
Toshkent viloyati axborot xizmati rahbarining aytishicha, kambag‘al oilalarning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan “Ming oilaga – ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aksiyasi yaqin kunlarda viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkaziladi. Mazkur tadbir Toshkent viloyatida kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Prezident Mirziyoyev boshchiligida 27 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni kamaytirish, buning uchun ehtiyojmand oilalarga oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish o‘rniga ularni kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish zarurligi alohida ta'kidlangan edi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida uy sharoitida karantinda o‘tirgan ehtiyojmand oilalarga 12 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 17 xil tibbiy-gigiyenik vositalar bepul tarqatilmoqda.
“Viloyatimizda uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoya ko‘rsatish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda. Koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin tartibiga amal qilib uyda o‘tirgan, biroq kundalik zaruriy mahsulotlarga ehtiyojmand oilalarga hokimlik tomonidan kerakli yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, viloyat hokimining topshirig‘i bilan 12 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 17 xil tibbiy-gigiyenik vositalar bepul tarqatilmoqda”, deydi Behzod Qobulov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

15:22 / 27.06.2025