To‘lovlarni amalga oshirmasa ham bo‘ladi degan noto‘g‘ri fikr shakllanib qolmasligi lozim – MIB

O‘zbekiston 12:19 / 26.03.2020 9004

«Byuroning barcha boshqarma hamda tuman-shahar bo‘limlarida tegishli profilaktik va xavfsizlik choralari ko‘rilib, xizmat xonalariga maxsus ko‘rgazmali vositalar qo‘yilib, dezinfeksiya ishlari tashkil qilindi, xodimlarning jamoat va ish joylarida niqoblarda yurishi yo‘lga qo‘yildi.

Biroq, Majburiy ijro byurosi faoliyatida fuqarolarimizning bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan - tarmoqlardan noqonuniy  foydalanish holatining oldini olish, energiya resurslari uchun hisob-kitoblarga aniqlik kiritib, joy-joyiga qo‘yish, darhol ijro etiladigan va kechiktirib bo‘lmaydigan ijro harakatlari bilan bog‘liq muhim harakatlar mavjud. 

Majburiy ijro byurosi xodimlari to‘lov madaniyati va ijro intizomiga rioya etuvchi va asosiysi qarzdor bo‘lmagan fuqarolarni bezovta qilmaydi.

Bu jarayonda fuqarolarimiz foydalanilgan elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirmasa ham bo‘lar ekan degan noto‘g‘ri fikrni uyg‘otmasligi lozim.

Shu o‘rinda unutmasligimiz kerakki, hozirgi murakkab va aholimizning aksariyat qismi uyda bo‘lib turgan vaziyatda elektr va tabiiy gaz resurslari xonadonlarimiz farovonligi uchun muhim manbadir!

Shuni ham ta'kidlash joizki, aholimizning asosiy qismi bu davrda o‘z uylarida bo‘lishlari sababli energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj yanada sezilarli darajada ortib, to‘lovlarning o‘z vaqtida, amalga oshirilmasligi qarzdorliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi», – dedi byuro direktori o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: