Sutkada 2 milliondan ortiq niqob ishlab chiqarilmoqda

O‘zbekiston 13:29 / 26.03.2020 13114

Kun.uzʼga ma'lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi xavfi paydo bo‘lgunga qadar, O‘zbekiston hududida tibbiy niqob ishlab chiqaruvchi 15ga yaqin korxona faoliyat yuritib kelgan. Ayni paytda ushbu ko‘rsatkich 50tadan oshdi.

«Uyushma tarkibidagi gigant to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalari yuz niqoblarini ishlab chiqarishga moslashtirilmoqda. Ularning ishlab chiqarish quvvati bozor talabini bemalol qondiradi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovning aytishicha, niqob ishlab chiqarish va sotish faoliyati qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.

«Niqoblar ilgari tibbiy buyum hisobida bo‘lgani tufayli ularni realizatsiya qilish soliq obekti hisoblanmagan. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, tibbiy niqoblar faqat apteka emas, boshqa savdo shoxobchalarida ham sotilmoqda. Endilikda niqoblar narxi oshib ketmasligi uchun, ularning QQSdan ozod etilgani saqlab qolindi», - deya ma'lumot berdi u.

Ko‘proq yangiliklar: