Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident hokimlarga karantin paytida barcha darajadagi majlisbozliklarni to‘xtatishni buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, prezident hududlar hokimlariga karantin paytida joylarda barcha darajadagi yig‘ilishlar va majlisbozliklarga chek qo‘yish talabini qo‘ygan.
Karantin davrida barcha tashkilotlarda masofaviy ish tizimiga o‘tilishi ma'lum qilingan.
Shuningdek, viloyat hokimlariga olis hududlardagi dorixonalarda zarur dori-darmonlar, savdo do‘konlarida muhim oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini ta'minlash haqida topshiriq berilgan.
Prezident yig‘ilishda shifokorlar fidoyiligini yuqori baholar ekan, xalqimizdan ham ayni paytda ularning maslahat va tavsiyasiga, karantinda bo‘lish qoidalariga qat'iy rioya qilishlariga alohida to‘xtaldi.
«Bugun koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan shifokorlarimizni jang maydonidagi jangchiga qiyoslayman. Ular o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, fidoyilik ko‘rsatishmoqda. Shifokorlarimizga nafaqat hozir, balki bu sinovlardan keyin ham alohida ehtiromimizni bildiramiz», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yig‘ilishda 60 yoshdan oshganlar, homilador ayollar va uch yoshgacha farzandi bo‘lgan ishchi-xodimlarga ta'til berish lozimligi aytildi. 60 yoshdan oshganlar, surunkali xastaligi bo‘lganlarga zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.
Yakka-yolg‘izlarga qarash uchun maxsus ko‘ngilli otryadlar tuziladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024