Nurmat Otabekov: Xitoylik mutaxassislardan xavfsirash emas, ularning tajribasidan foydalanish kerak

O‘zbekiston 15:18 / 26.03.2020 13875

«Bilmadim, bunday gaplar qayerdan chiqyapti. Nazarimda, hozir biz aynan Xitoydan yordam olishimiz kerak. Negaki, ushbu davlat koronavirus epidemiyasini yengib, butun dunyoga kasallikni yengish imkoniyati borligini isbotladi. Mutaxassislari esa uch oylik karantin davrida katta tajribaga ega bo‘lishdi. Xitoy davlati o‘zi yordam beraman deb turgan paytda, oldi-qochdi gaplarga ishonib, undan voz kechish juda katta xato bo‘lardi», deya uning so‘zlarini keltirgan  muxbiri.

Shuningdek, Nurmat Otabekov «11 oylik chaqalog‘i bilan charter reys bilan olib kelingan ayolni uy sharoitida karantin qilish imkoniyati» haqidagi savolga javob qaytargan. 

«Yo‘q, bu ayol charter reys bilan epidemik vaziyat noxush hududdan olib kelingan. Bunday tartibda olib kelingan odamlarning barchasi bir joyda, birday tartibda, bir xil muddatda karantinda bo‘lishi kerak. Ularni zinhor bir samolyotda kelgan boshqalardan ajratib bo‘lmaydi. Agar shunday qilinmasa (mabodo yo‘lda yoki epidemik noxush hududda bo‘lgan davrda) kasallik virusini yuqtirib olgan bo‘lsa, uyidagi yaqinlarini ham xavf ostida qoldirishi mumkin», degan u.

Bola karantin bilan qamrab olinmagan bo‘lsa, rejali emlashni o‘tkazish mumkinligi ham aytib o‘tildi.

«Agar farzandingiz karantin tadbirlari bilan qamrab olinmagan bo‘lsa, emlash kalendariga muvofiq, rejali emlash tadbirlarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Buning uchun hech qanday cheklov yo‘q», - deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: