Jahon | 01:38 / 26.03.2020
10567
1 daqiqa o‘qiladi

Merkelda koronavirus aniqlanmadi

Koronavirusga chalingan shifokor bilan aloqada bo‘lgan Germaniya kansleri Angela Merkelning koronavirusga topshirgan ikkinchi testi ham unda virus yo‘qligini ko‘rsatdi.

Foto: Reuters

Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma'lum qildi

Merkelga 20 mart kuni pnevmokokk infeksiyasidan emdori qilgan shifokor koronavirusga chalingani aniqlangan. Merkel ikki kundan keyin bundan xabar topgach, karantinga ketgandi. 

Zaybertning aytishicha, Germaniya kanslerida koronavirus aniqlanmagan bo‘lsa-da, u karantinda qolib, mamlakatni masofadan boshqarishni davom ettiradi.

Mavzuga oid