KXDR koronavirusga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi

Jahon 15:33 / 26.03.2020 33252

KXDR koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi, deb yozmoqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib. 

Nashrning qayd etishicha, KXDR koronavirusni aniqlovchi testlar olishni istamoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kasallikka chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat aniqlanmagan, ammo ekspertlar bu ma'lumotga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Gazeta manbalaridan birining aytishicha, KXDRda 590 kishi koronavirusga testdan o‘tkazilgan, ularning barchasi mamlakatga yanvarda xorijdan kelgan. Testlar salbiy natijani ko‘rsatgan.

"Hukumatda koronavirus testlari bor va ulardan qanday foydalanishni bilishadi, ammo testlar soni yetarli emas. Shuning uchun ular barcha tashkilotlardan ularni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ramoqda", - deya manbaning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Ko‘proq yangiliklar: