Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘zsuv kanaliga chiqindi tashlagan shaxslar javobgarlikka tortildi
Huquqbuzarlar tomonidan sodir etgan huquqbuzarligi oqibati bartaraf etilib, “Bo‘zsuv” kanali qirg‘og‘i chiqindilardan tozalandi

Foto: Bosh prokuratura
2020 yil 23 mart kuni fuqaro U.A. (1964 y.t.) o‘zi istiqomat qiladigan Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi, Bo‘zsuv ko‘chasidagi uyning “Bo‘zsuv” kanali qirg‘og‘iga tutashgan orqa tomonini kengaytirish va bog‘ tashkil qilish maqsadida, haydovchi F.M.dan (1988 y.t.) kanal qirg‘oqlarini to‘ldirib berishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning yozishicha, HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchisi F.M. va “ZIL” rusumli yuk mashinasi haydovchisi M.X. tomonidan qurilish chiqindilari yuk mashinalarida olib kelinib, “Bo‘zsuv” kanali qirg‘oqlariga to‘kilgan va suv ifloslantirilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A., F.M. va M.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi (Suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 91-moddasi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya'ni 1 115 000 so‘mdan jami 3 345 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, huquqbuzarlar tomonidan sodir etgan huquqbuzarligi oqibati bartaraf etilib, “Bo‘zsuv” kanali qirg‘og‘i huquqbuzarlar tomonidan tashlangan chiqindilardan tozalandi.
“Bosh prokuratura atrof-muhit muhofazasi, ayniqsa, obi-hayot - suvlarni ifloslantirishga qaratilgan harakatlarning oldini olishda barcha yurtdoshlarimiz mas'ul ekanini eslatib, bu boradagi barchani ogohlikka chiqaradi. Aks holda, bundan xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan huquqiy choralar qo‘llashga sabab bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat litsenziyalanadi
O‘zbekiston | 13:10
-
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Jamiyat | 13:03
-
Rossiyani qo‘llashga tayyor Xitoy, Isroilga chora ko‘rmoqchi bo‘layotgan Yevroittifoq va FETOʻchilar ta’qibini davom ettirayotgan Turkiya – kun dayjesti
Jahon | 12:54
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
Mavzuga oid

14:16 / 14.07.2025
🔴 LIVE: Chiqindidan qarzdorlik uchun "svet"ga to‘lov qilib bo‘lmaydi, bu aholiga navbatdagi yukmi? – mutaxassis va mas’ullar bilan suhbat

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

13:10 / 23.06.2025