BMT bosh kotibi – Insoniyat hozircha koronavirusga qarshi kurashda yutqazmoqda

Jahon 22:17 / 26.03.2020 9484

“Biz virus bilan urush holatida turibmiz va hozircha g‘alaba qozonmayapmiz. Uch oy ichida kasallanganlar soni 100 mingga yetgandi. Yana 12 kun ichida ular soni yana 100 mingga oshdi. Uchinchi marta ular soni 100 mingga bor-yo‘g‘i 4 kunda ko‘paydi. Va, nihoyat, 4-marta – 1,5 kun ichida”, deb aytgan Guterrish.

“Urushda kurashish uchun harbiy davr rejasi lozim. Birdamlik bunda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, yigirmatalik guruhining rivojlanayotgan dunyo, ixtiloflar borayotgan davlatlar bilan birdamligi”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT bosh kotibi.

Guterrish “yigirmatalik” davlatlari ko‘rishi kerak bo‘lgan uchta aniq harakatlar yo‘nalishi qatorida virus tarqalishini to‘xtatish, iqtisodiy oqibatlarni minimallashtirish va kelajakda barqarorroq global iqtisodiy tizim tuzish lozimligini aytgan.

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar soni 509 mingdan, undan vafot etganlar soni 23 mingdan oshib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: