Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga chalinganlarni davolashda sog‘ayib ketganlarning qon plazmasi qo‘llanadi
Nyu-Yorkdagi qon donorligi markazi koronavirusdan sog‘ayib ketganlardan qon plazmasini (qonning suyuq qismi) qabul qilishni boshlamoqda. Bu plazmada qoronavirusga qarshi antitanalar mavjud bo‘lib, u boshqa bemorlarni davolashda qo‘llanishi rejalashtirilmoqda.

Foto : EPA
Xuddi shunday davolash usuli Xitoyda koronavirus epidemiyasi vaqtida qo‘llangan.
Bemorlarga quyiladigan qon plazmasidagi antitanalar ular organizmining virusdan tozalanishini tezlashtirishi kerak. Sog‘liqni saqlash sohasidagi mutasaddi shaxslar davolashning bu usulini ma'qullashgan.
Shu bilan birga, olimlar koronavirus nima uchun ko‘proq erkaklar uchun xavfliroq ekanini aniqlashga harakat qilishmoqda. Ehtimol bunda gap erkak va ayollardagi gormonlarning immun javobga o‘ziga xos ta'sir qilishida bo‘lishi mumkin. Immun hujayralari estrogen va testosteronga javob beradi. Ayollar va erkaklarda bu gormonlar turli miqdorda bo‘lgani sababli immun javobi ham farqlanishi mumkin.
Ma'lumki, ayollar hujayralari ba'zi viruslarga qarshi ko‘proq interferonlar – viruslarga qarshi oqsillar ishlab chiqaradi. Shuningdek, interferonlar faolligi estrogenlar bilan bog‘liqligi haqida ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq nosog‘lom turmush tarzi kechiradi va kasallikning kechishini og‘irlashtiruvchi surunkali kasalliklarga ega bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025