Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati amerikaliklarga 1200 dollardan pul tarqatish va kichik biznesga 350 mlrd dollar ajratilishini ma'qulladi
Yordam miqdori fuqarolarning daromadiga mos bo‘ladi - topishi yaxshi bo‘lganlar ozroq pul oladi.

Foto: Bloomberg
AQSh senati 2 trln dollarni tashkil etuvchi inqirozga qarshi choralar paketini ma'qulladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qonun loyihasi ushbu haftada ovoz berish uchun vakillar palatasiga qo‘yiladi.
Unga ko‘ra, hukumat yoshi katta amerikaliklarga 1200 dollardan pul to‘laydi. Birgalikda ariza bergan er-xotinga 2400 dollar beriladi. Farzandli oilalarga har bir farzandi uchun 500 dollardan to‘lanadi. Yordam miqdori fuqarolarning daromadiga mos bo‘ladi — topishi yaxshi bo‘lganlar ozroq pul oladi. Bir yilda 99 ming dollardan ortiq daromad topadiganlarga pul berilmaydi.
Ishsizlik nafaqasi haftasiga 600 dollarga oshiriladi. Ishsizlarga yordam uchun jami 250 mlrd dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
Koronavirus pandemiyasi sababli zarar ko‘rgan kompaniyalarga kredit va yordam berish uchun 500 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ajratiladi. Kichik biznesga o‘z xodimlarini qisqartirmaslik sharti bilan 350 mlrd dollar beriladi.
Milliy xavfsizlik uchun o‘ta muhim hisoblangan kompaniyalar 17 mlrd dollar oladi. Aviakompaniyalar, yuk tashuvchilar va ularning pudratchilariga grant va kreditlar ko‘rinishida 57 mlrd dollar ajratiladi.
Kasalxona va tibbiy xarajatlar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish miqdori 150 mlrd dollarni tashkil etadi. Dori-darmonlar zaxirasini to‘ldirish uchun 16 mlrd dollar, vaksina va koronavirus infeksiyasini aniqlovchi testlarni ishlab chiqarishni tezlashtirish uchun 3,5 mlrd dollar ajratiladi.
Mahalliy hokimiyatlar 150 mlrd dollar miqdorida yordam oladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:43 / 15.07.2025
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:16 / 15.07.2025