Afsonaviy Marakana stadioni dala gospitaliga aylantirilmoqda

Jahon 19:54 / 26.03.2020 7931

Shu sababli mamlakatdagi futbol stadionlari koronavirusga chalinganlar uchun dala gospitallariga aylantirilmoqda. Jumladan, bu afsonaviy Marakana stadionini ham chetlab o‘tmadi.

“Dunyodagi eng mashhur stadionlardan biri va Rio Olimpiadasi o‘tkazilgan joy – Marakana koronavirusga chalinganlarni davolash uchun dala gospitallariga aylantirilayotgan stadionlardan biri bo‘ldi”, deyilgan xabarda.

Stadionni gospital holatiga keltirish uchun ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, boshqa futbol klublari stadionlarida ham vaqtinchalik gospitallar tashkil etilmoqda. 

Marakana “Flamengo” klubining uy stadioni hisoblanadi. Bu maydonda futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon chempionati, 2016 yilgi Olimpiada va boshqa yirik sport tadbirlari o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: