Xorijdan hujjatlarini olib ulgurmagan talabalar qanday yo‘l tutadi?

O‘zbekiston 23:12 / 25.03.2020 15724

– Bizlarga murojaat qilishlaricha, hozirga qadar xususiy universitetlarda onlayn darslar tashkil etilmayapti. Ularda ta'lim jarayoni qanday tashkil etiladi?

– Ta'til xoh davlat, xoh xususiy bo‘lsin, barcha OTMlarga tegishli. Xususiy OTMlarda onlayn o‘quv jarayonining tashkil etilishi, masofaviy ta'lim resurslarini ishlab chiqish o‘sha oliy o‘quv yurti rahbariyatining vazifalariga kiradi.

Ular ham davlat OTMlari singari, karantin ta'tili vaqtida o‘quv jarayonining uzluksizligini ta'minlashi kerak. Buning bajarilishi shart hisoblanadi.

– Onlayn darslar o‘tilmayotgan bo‘lsa, talabalar biror joyga murojaat qila oladimi?

– Talabalar, avvalambor, o‘sha xususiy OTM rahbariyatiga murojaat qilishlari kerak. Bundan tashqari, ularning ta'lim yo‘nalishlari mos kelsa, davlat OTMlaridagi o‘quv resurslaridan ham foydalanishlari tavsiya etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov

– Xorijdan hujjatlarini olib ulgurmagan talabalar qanday yo‘l tutadi?

– Vaziyat oydinlashgach, qo‘shni mamlakatlar tegishli vazirliklari bilan bu masalada yana muzokaralar o‘tkaziladi. O‘ylaymanki, bu yerda muammo bo‘lmasligi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: