O‘qituvchilar uchun yozgi ta'til muddati qisqaradi - Vazirlik

O‘zbekiston 12:27 / 25.03.2020 56933

«Respublikamizdagi barcha pedagoglar joriy yilning 18 martidan boshlab haq to‘lanadigan mehnat ta'tiliga chiqarildi. Ushbu mehnat ta'tili o‘qituvchilarning yozgi davrda beriladigan mehnat ta'tilining bir qismi bo‘lib, amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ya'ni o‘qituvchilar hozirda olgan ta'til davrining foydalanilmagan qismini yozda davom ettiradi. Boshqacha aytganda, yozgi ta'til davri mos ravishda qisqaradi. 2019/2020 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan ta'til (2020 yilning 21 martdan – 27 martgacha) davrida ko‘zda tutilgan pedagogik yuklamalar pedagoglar tomonidan o‘rnatilgan tartibda oylik ish haqlari saqlab qolingan holda masofadan turib bajarilishi belgilandi.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tishimiz kerak, darslar boshlangandan keyin o‘qituvchilarning ta'tili ham tugaydi. Bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», dedi u AOKA qoshida koronavirusga qarshi tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Vazirlik rasmiysi o‘quv yili qachon yakunlanishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytargan.

«Amaldagi tartibga ko‘ra, o‘quv yili 25 mayda yakunlanadi. 26 maydan 15 iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi. Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 16 martdan boshlab ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun ta'til e'lon qilingan.

Albatta, ta'tilning davomiyligi tibbiy profilaktika (karantin) jarayonlarining davom etishiga bog‘liq. Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga asosan, ta'tilning davomiyligiga qarab o‘quv jarayonlarini davom etishi yoki etmasligi haqida o‘quvchilar va ota-onalar xabardor qilinadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Anvar Umarov o‘qituvchilarning attestatsiyasi onlayn tarzda o‘tkazilmasligini ma'lum qildi. 

«Respublika Maxsus komissiyasining 2020 yil 15 martda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni hamda 23 mart kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan barcha tadbirlar to‘xtatilgan, jumladan pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari ham qoldirilgan.

Attestatsiya jarayonlari onlayn shaklda o‘tkazilmaydi. Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari qachon o‘tkazilishi haqida Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha xabar beriladi», dedi Anvar Umarov.

Ko‘proq yangiliklar: