Misrdagi ehromlar majmuasi dezinfeksiya qilina boshlandi

Jahon 23:49 / 25.03.2020 5765

Egypt Independent nashrining yozishicha, ehromlarga kirish joyi, “kutish zali”, rentgen qurilmalari, hojatxonalar va yo‘lkalarga antiseptik aralashma bilan ishlov berilgan.

Shuningdek, Katta ehrom oldidagi yog‘och yo‘llar ham dezinfeksiya qilingan. 

Misrning turizm va qadimiyliklar vazirligi 21 mart kuni mamlakatdagi barcha arxeologik obektlar va muzeylar 23-31 mart kunlariga yopilishini e'lon qilgan.

Bu orada 19 martdan 31 martgacha to‘xtatilishi rejalashtirilgan parvozlar 15 aprelgacha to‘xtatilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Misrda koronavirusga chalinganlar soni 442 nafarni, vafot etganlar soni esa 21 nafarni tashkil qilmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: