Kobuldagi ibodatxonaga hujum vaqtida 25 kishi halok bo‘ldi

Jahon 17:34 / 25.03.2020 7368

Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.  

Yana 8 kishi yaralangan, 80 kishi qutqarilgan. Hujum ertalab sodir etilgan. Jangarilar dastlab portlovchi qurilmani harakatga keltirgan, so‘ngra otishma boshlagan.   

Ma'lum qilinishicha, hujumni sodir etgan 4 jangarining barchasi 6 soatga yaqin davom etgan maxsus amaliyot davomida yo‘q qilingan.

Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: